We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

“Uzbekistan Airways” AJdan rasmiy ma’lumot

Share on social media

Bugun, 24-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda HY-9825 Namangan – Krasnodar reysi Urganch shahri aeroportida yoqilgʻi yetishmasligi sababli majburan qoʻnishni amalga oshirdi degan xabar e’lon qilindi.  

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati ma’lum qiladi:

Namangandan Krasnodar yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan va qaytishga majbur boʻlgan samolyotning qaytishi yoqilgʻining yetishmasligi bilan bogʻliq emas. Ekipaj parvoz amalga oshirilayotgan hududda havo trassalari yopilishi haqidagi maʻlumotni olgan. Shu bilan birga Rossiya Federatsiyasi havo hududidagi vaziyatni aniqlashtirish va qatnovni bajarish yoki joʻnab ketish aeroportiga qaytish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilish uchun Urganch shahridagi aeroportga qoʻnish talab etilgan.

Hurmatli yoʻlovchilar va kutib oluvchilar, norasmiy manbalar orqali notoʻgʻri ma’lumotlar olishning oldini olish maqsadida, sizdan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinayotgan yangiliklarni kuzatib borishni soʻraymiz

Download PDF