Uzbekistan Airways’ning O‘zbekiston shaharlaridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston shaharlariga va ortga boʻlgan yo‘nalishdagi barcha muntazam aviaqatnovlarida, bagaj me’yoridan oshib ketgan bo‘lsa, asosiy bagajdan tashqari, qo‘shimcha bagaj joyini xarid qilishingiz mumkin.
Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent, Toshkent – Olmaota – Toshkent, Nukus – Aktobe – Nukus, Nukus – Oqtov – Nukus, Urganch – Oqtov – Urganch, shuningdek, Toshkent – Bishkek – Toshkent va Toshkent – Dushanbe – Toshkent yo‘nalishlaridagi barcha aviaqatnovlarda qo‘shimcha bitta bagaj joy uchun Markaziy bank kursi bo‘yicha 25 EUR to‘lash kerak bo‘ladi.