Oqto'ba (Qozog‘iston) xalqaro aeroportida texnik ishlarning (uchish-qo‘nish yo‘lagini ta’mirlash) amalga oshirilishi tufayli Uzbekistan Airways HY-9729/HY-9730, Nukus – Oqto'ba – Nukus aviaqatnovlarining yo’nalishini o‘zgartirishga majbur bo’ldi.
Endi 2022 yilning 17, 22 va 24-mart kunlari Nukus – Oqto'ba – Nukus aviaqatnovi Nukus – Oqtov – Nukus yo’nalishida amalga oshiriladi.
Yoʻlovchilar Oqto'ba Xalqaro Aeroportiga bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini aviachipta xarid qilingan joyda shtrafsiz qaytarib olish imkoniga egalar.
Uzbekistan Airways vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.