We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways “Ilk parvozim” yangi ijtimoiy loyihasini ishga tushirdi

Share on social media

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Temir daftar”ga kiritilgan ayollarning orzularini ro‘yobga chiqarish va ular uchun respublika bo’ylab sayohatlar uyushtirish.

"Ilk parvozim” tashabbusi ayollarga oʻz orzularini roʻyobga chiqarishga, ya’ni ilk marta samolyotda Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi tarixiy shaharlarga havo kemasida tashrif buyurishga yordam beradi. Loyiha ishtirokchilarga kundalik hayot muammolarini biroz bo’lsada unutishga va o‘z orzularini amalga oshirishga vaqt ajratishga yordam beradi.

2022-yil 31-mart kuni loyiha ishtirokchilarning ilk guruhi Xivaga yo‘l oldi. Kun davomida ayollar tarixiy shahar bo’ylab sayr qilishga, ko’hna qadamjolarni ko’rishga muvaffaq bo‘lishdi.

“Sizga katta raxmat. Unutilmas taassurotlarga ega bo’ldim! Loyihadan olgan zavqni aytib berolmay qoldim! Keyingi safar yana taklif qilinglar, men albatta uchaman!”, - deb ishtirokchi Shirinova Sanobar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sanobar Shirinova sayohatning yuqori saviyada tashkil etilgani, Uzbekistan Airways’ning “Temir daftar” kiritilgan ayollarga bo’lgan munosabati va Xiva shahri bo’ldi. Parvoz paytida Sanobar opa qo'rqmadi va uning sayohati yaxshi o'tdi.

“Men kasal bo'lib qolishimdan yoki qon bosimim ko'tarilishidan qo'rqqandim, lekin hammasi muammosiz o'tdi. Men birinchi reysga borishdan qo'rqmadim va yana ko’p marta farzandlarimga bu sayohat haqida aytib beraman”, - dedi Sanobar.

Loyihada ishtirok etish uchun taklif etilgan ayollaridan biri Tosheva Mamlakat yaqinda televizorda samolyot uchayotgan filmni ko‘rganini va parvoz qilish qay darajada yaxshi bo‘lishini o‘ylaganini aytdi. Oradan bir hafta oʻtib Uzbekistan Airways vakillari u bilan bogʻlanib, “Ilk parvozim” loyihasiga taklif qilishdi.

Loyihaning yana bir qahramoni Farida Qodirova yaqinlari unga qo‘ng‘iroq qilib uning Xivaga haqiqattan ham ketayotganligini qayta-qayta so’rashganini aytdi. “Men orzuimga erishdim. Umrimda birinchi marta samolyotda uchdim”, - deydi Farida.

Download PDF