We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Minsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan HY-710 reysi haqida rasmiy xabar

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati xabar berishicha, 2022-yil 11-aprel kuni Minsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-710 reysi 15:39 (Toshkent vaqti bilan) Minsk milliy aeroportidan jadvalga muvofiq aviaqatnovni amalga oshirishni boshlagan.  

A320 havo kemasi Rossiya havo hududida bo‘lgan vaqtda “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek, Rossiya va Belorussiya aviatsiya xizmatlari xodimlarining e-mail manzillariga anonim manzildan havo kemasida bomba joylashtirilgani haqida ma’lumot yuborilgan.

Havo kemasining yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari xavfsizligini ta’minlash maqsadida, A320 havo kemasi komandiri samolyotni tekshirish va ko’zdan kechirish maqsadida eng yaqin Domodedovo xalqaro aeroportiga qo‘nishga qaror qilgan. Ayni paytda layner, yo‘lovchilar, ularning yuklari, yuk va pochta belgilangan tartibda tekshirildi. Havo kemasining minalashtirilgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi.    

Yaqin vaqt ichida Minsk-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan samolyot o‘z yo‘nalishi bo'ylab parvozni davom ettiradi. Havo kemasida bo‘lgan 104 yo‘lovchining hayotiga hech qanday xavf yuzaga kelgani yo‘q. 

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarga yo‘lovchilar va fuqarolar xavfsizligi to‘g‘risida ishonchsiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qonuniy javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tadi.  

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati jurnalist va blogerlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishga hamisha tayyor ekanini ma’lum qiladi.

 

Download PDF