We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Rasmiy ma’lumot: Havo kemasida quloqchinlarning yo‘qligi

Share on social media

So‘nggi vaqtda “Uzbekistan Airways” AJ havo kemalari sahnida quloqchinlarning yo‘qligi sabab yo‘lovchilardan ko‘plab murojaat va shikoyatlar kelib tushmoqda. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, aviakompaniya matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyati joriy yildagi aviaqatnovlar sonini 2021-yilning shu davriga nisbatan ikki barobardan ziyod ko‘paytirdi, yo‘lovchilar soni esa 3 barobarga oshdi, bu esa o‘z navbatida xizmat va havo sahnida yo‘lovchilarga tarqatiluvchi buyumlar, shu jumladan bir martalik qulonchinlarning soni oshishiga olib keldi.  

Bir martalik quloqchinlar sotib olish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar Covid-19 tufayli hamda bir qator sabablarga ko‘ra kerakli natijalarni bermadi. Biroq bugungi kunda logistika bilan bog‘liq muammolar hal qilinib, 2022-yilning 15-iyun sanasidan boshlab bir martalik quloqchinlar aviakompaniyaning barcha havo kemalariga tarqatiladi va yo‘lovchilarimiz parvoz vaqtida yana musiqa eshitishlari yoki kinofilm tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.  

Aviakompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun barcha yo’lovchilardan uzr so‘raydi.  

Download PDF