2022-yil 18-iyun kuni Uzbekistan Airways “Haj-2022” loyihasi doirasida Toshkent-Madina yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshirdi.
2022-yilning 18-30-iyun kunlari Uzbekistan Airways Madinaga O‘zbekistonning 7 shahridan 45 ta aviaqatnov va ziyorat uchun 10 900 nafar yo‘lovchini tashishni rejalashtirilgan. Taqqoslash uchun, 2019-yilda bunday loyiha amalga oshirilganda yo‘lovchilar soni 7200 nafarni tashkil etgan edi.
Uzbekistan Airways ushbu dasturga 70 ga yaqin uchuvchilar va 260 ga yaqin bortkuzatuvchilarni jalb etdi. Madina shahriga Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukus aeroportlaridan Boeing 767 havo kemalarida aviaqatnovlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
2022-yil 14-iyuldan 31-iyulgacha qaytish aviaqatnovlari Jiddadan O‘zbekiston shaharlariga rejalashtirilgan.