Uzbekistan Airways 2022-yil 15-oktabrgacha Toshkent – Boku – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni xarid qilishda amaldagi jadval bo‘yicha aviaqatnovlar uchun yuk tashish me’yori oshirilishini ma’lum qiladi. Yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida faqat ekonom-klass uchun bagaj miqdori, aviachiptada ko‘rsatilgan me’yordan qat’iy nazar hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz oshiriladi:
• Y-, B- va M- tariflari har biri 23 kg/158 sm gacha bo'lgan 3 ta bagajga oshiriladi;
• K-, T-, V-, O-, S-, U- va L- tariflari har biri 23 kg/158 sm gacha bo‘lgan 2 ta bagajga oshiriladi.
Guruh bo‘lib olingan tarifda, shuningdek, biznes-klass tariflarida yuk tashish me’yorlari o‘zgarishsiz qolmoqda.