We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Aviakompaniyaga FA guvohnomasiga ega uchuvchilarni taklif qilamiz

Share on social media

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: 

 

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;

2. ikkinchi uchuvchi dastur doirasida malaka oshirishga nomzodlar uchun HKK yoki I/U sifatida umumiy parvoz kamida 500 soat;

3. HKK dasturi bo‘yicha qayta tayyorlash uchun nomzodlar HKK sifatida kamida 1500 soat parvoz;

4. fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining tugallangan aviatsiya ta’limi; 

 

Eslatma: O‘zbekiston tashqarisidagi xorijiy ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom hujjatlarni topshirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan hujjatlar talablariga muvofiq nostrifikatsiyalangan bo‘lishi kerak.

 

5. uch (3) yildan ortiq bo‘lmagan parvoz ishidagi tanaffus;

6. ta’lim dasturini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;

7. ingliz tili bilim darajasi ICAO til bilish darajasi 4 shkalasidan past bo‘lmasligi;

8. nomzodning shaxsiy aybi bilan aviatsiya hodisalari bo‘lmaganligi, shuningdek, oldingi ish joyidan mehnat intizomini buzish holatlari mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;

9. 55 yoshdan katta bo‘lmasligi;

10. hujjatlarni qabul qilishda ilovadagi arizani to‘ldirish kerak.

 

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 5-oktabrgacha amalga oshiriladi. 

 

Rejalashtirilgan tanlov sanasi Toshkent shahrida 2022-yilning 10-oktabrdan boshlanadi.

 

Hujjatlar quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: Toshkent sh., Sergeli tumani, Parvoz xizmati departamenti (avvalgi Uchuvchilar majmuasi binosi), 313-xona – Tursunova Nargiza Shuxratovna.

Download PDF