We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways yangi ketring konsepsiyasini taqdim etadi

Share on social media

2022-yil 20-sentabrdan boshlab, Uzbekistan Airways Parij, Frankfurt, London va Milan yo‘nalishidagi aviaqatnovlarda bort taomlarini o‘zgartirishni boshlamoqda va ushbu aviaqatnovlarda yo‘lovchilar aviakompaniyaning yangi ketring konsepsiyasini baholashlari mumkin.

Bort taomlari yangi konsepsiyasining asosiy farqi shundaki, Uzbekistan Airways nafaqat menyu va xizmatni o‘zgartiradi, balki unga xalqaro standartlarni inobatga olgan holda tayyorlangan zamonaviy taomlar qo‘shiladi. Asosiy maqsad – bortda yo‘lovchilarni yangi taom kontsepsiyasi bilan hayratda qoldirish va xursand qilishdir.   

Eslatib o‘tamiz, Seul yo‘nalishi bo‘yicha shu yilning avgust oyida bort taomlari konsepsiyasi yangilangan.

Uzbekistan Airways yaqin kunlarda Ketring yangi taomnomasini taqdimotini OAV vakillari bilan o‘tkazishni rejalashtirgan.

Download PDF