Xitrou aeroporti 4-terminalining konstruksion xususiyatlari sabab, joriy yilning 2-oktabrdan yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi va vaqtincha cheklovlar kuchga kiradi:
- parvozga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 3 soat oldin boshlanadi;
- ro‘yxatdan o‘tish parvozdan 1 soat oldin tugaydi;
- samolyot bortiga chiqish parvozdan 40 daqiqa oldin boshlanadi;
- yo’lovchilarni samolyotga chiqarish parvozdan 20 daqiqa oldin tugaydi.
Parvozga kech kelgan yo’lovchilar reysga qo’yilmaydilar.