We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways “TransLogistica Uzbekistan 2022” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Share on social media

Toshkentda “Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2022” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmalar zalida yirik logistika kompaniyalari bilan bir qatorda “Uzbekistan Airways” AJ ham ishtirok etmoqda.

Transport, mudofaa, favqulodda vaziyatlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, shuningdek, qator davlat idoralari hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada 11 davlatdan 50 kompaniya ishtirok etmoqda. Ta’kidlash joizki, ko‘rgazmada ilk bor O‘zbekiston transport sanoatining asosiy flagmanlari – “Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airports” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari ishtirok etmoqda. Bunday yirik kompaniyalarning ishtiroki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish imkoniyati mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.  

Pandemiya davrida transport-logistika sohasi o‘rni yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Buni tasdiqlaydigan omil – asosiy qatnovlar yo‘lovchi aviatashuvlarida emas, balki yuk tashuvchi havo kemalarida amalga oshirildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining yuk tashuvchi bortlari nafaqat O‘zbekiston balki xorijdagi tadbirkorlar orasida ham allaqachon tanilib ulgurgan. Bugungi kunda mamlakatimizning o‘nlab yirik eksportyor kompaniyalari Uzbekistan Airways yuk aviatashuv xizmatlaridan samarali foydalanib kelishmoqda. TransLogistica Uzbekistan 2022 keng ko‘lamli tadbiri, birinchi navbatda, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali xorijiy mijozlar bazasini ko‘paytirish imkonini beradi. TransLogistica Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi yana bir bor transport sohasining temir yo‘l, dengiz transporti, aviatsiya, tijorat transporti va transport-logistika xizmatlari kabi sohalarini birlashtirgan samarali platformaga aylanadi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi davlat transport tuzilmalari rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashish, shuningdek, transport texnologiyalari sohasidagi so‘nggi ishlanmalarni namoyish etish, istiqbolli davlat infratuzilma loyihalari va transport yo‘laklari bilan tanishish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

“TransLogistica Uzbekistan 2022” xalqaro ko‘rgazmasi joriy yilning 2-4 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Download PDF