We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

HY-024 Buxoro - Toshkent reysi haqida rasmiy xabar

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

2022 yilning 1-noyabr kuni Buxoro – Toshkent yo’nalishidagi HY-024 reysi mahalliy vaqt bilan soat 13.14 da havoga ko’tarilgan va havo kemasi sahnida yuk eshigi ochiqligi haqidagi signal paydo bo’lganidan so’ng havo kemasi komandirining qaroriga binoan 13.50 da Buxoro xalqaro aeroportiga qaytib kelgan. Havo kemasi bortida 145 nafar yo’lovchilar bo’lgan.

Aviakompaniya ichki qoidalariga muvofiq, havo kemasi komandiri texnik jamoa tekshiruvisiz samolyotni havoga ko’tara olmaydi. Texnik jamoa tekshiruvi signal noto’g’ri ishlab ketganligini aniqlagan.

Shundan so’ng, 1-noyabr kuni Buxoro – Toshkent yo’nalishidagi HY-024 reysi 8 soatlik kechikishdan so’ng belgilangan manzilga yetib borgan.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo’lovchilar xavfsizligi yuqori o’rinda turishini eslatadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 

 

Download PDF