“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Qarshi xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, kecha 2022-yil 5-noyabr kungi HY070 Qarshi – Toshkent yo‘nalishidagi qatnovi 6-noyabr soat 05.30 ga majburiy ko‘chirildi. Qatnov ekipaji soat 05.30 qadar ob-havo yaxshilanishini kutdi va ekipajni ish vaqti tugagani ma’lum bo‘ldi. Havo kemasi sardori qatnovni soat 12.00 ga ko‘chirishga qaror qildi.
Bugun, 6-noyabr kuni Qarshi – Toshkent yo‘nalishidagi HY-070 reysi belgilangan manzilga yetib borgan.
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.