2022-yil 24-noyabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklamoqda. Namangan – Orenburg – Namangan yoʻnalishida parvozlar haftaning payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
Namangandan uchish: 21:25
Orenburgga yetib borish: 00:30
Orenburgdan uchish: 02:30
Namanganga yetib borish: 05:20
Namangan – Orenburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 1 692 963 so‘mdan, Namangan – Orenburg – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 3 038 081 so‘mdan boshlanadi. Narxlar 11.11.22y. holatiga ko‘ra amal qiladi.
Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qilib olishingiz mumkin.