We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways Technics Gulfstream GIV havo kemasini bo‘yashni yakunladi

Share on social media

Uzbekistan Airways aviakompaniyaning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ joriy yilning noyabr oyida Turkiyaning ACM AIR aviakompaniyasining Gulfstream GIV havo kemasini bo‘yash ishlarini yakunladi.

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Technics turli toifadagi havo kemalariga har qanday murakkablikdagi ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini olib boradi. So‘nggi yillarda kompaniya Boeing 737 MAX 8, Boeing 757-200, Boeing 767-300 kabi yangi va zamonaviy samolyotlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirmoqda. Shuningdek, korxonaning xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha ham uzluksiz ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 5-avgust kuni Uzbekistan Airways Technics birinchi marta Boeing 737 MAX 8 samolyotini bo‘yash uchun qabul qilib olgan edi.

 

Download PDF