We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2022-yilda 4 millioninchi yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazdi

Share on social media

Bugun, 15-dekabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tantanali tarzda 4 millioninchi yo‘lovchisi bo‘lgan Shaxnoza Yo‘ldoshevani kutib oldi. Yubiley yo‘lovchisini tantanali tabriklash marosimi Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tdi. Unga Uzbekistan Airways yo‘nalishlari tarmog‘ining istalgan yo‘nalishi bo‘yicha bepul biznes-klass aviachiptasi uchun sertifikat taqdim etildi.

To‘rtmillioninchi yo‘lovchi Shaxnoza Yo‘ldosheva o‘zining taasurotlari bilan bo‘lishdi: “Men to‘rtmillioninchi yo‘lovchi bo‘lishni kutmagan edim.  Aviakompaniyaning 4 millioninchi yo‘lovchisi bo‘lganimdan bag‘oyatda hursandman. Kutilmagan syurpriz uchun Uzbekistan Airways’ga katta rahmat. Sevimli aviakompaniyam bilan keying safar qayerga parvoz qilishni albatta bilaman”.

Ta’kidlash joizki, aviatashuvchining yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishi hisobiga 2022-yil ko‘rsatkichlari pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi statistikani qaytardi. 2022-yilda Uzbekistan Airways yo‘lovchilari Sochi, Boku, Parij, Tokio, Milan, Rim va Kuala-Lumpur kabi shaharlarga aviaparvozlarning qayta tiklanganligi munosabati bilan u yerlarga sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Uzbekistan Airways Batumi, Irkutsk va Sharm-al-Shayx shaharlariga ilk aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yib, o‘z yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirdi. Yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida London, Nyu-York, Sharja, Seul, Sharm-al-Shayx, Sochi va dunyoning boshqa shaharlariga parvozlar ko‘paytirildi.

 

Download PDF