2022-yil 20-dekabr kuni Andijon, Farg‘ona va Namangan xalqaro aeroportlarining o‘zgaruvchan ob-havo sharoiti tufayli (tuman, ko‘rish darajasining yomonligi) Uzbekistan Airways bir nechta qatnovlari majburiy bekor qilinadi:
HY-340 Dubay – Farg‘ona va HY-636 Sankt-Peterburg – Farg‘ona majburiy Toshkent zaxira aeroportiga yo‘naltirildi.
HY-082 va HY-086 Farg‘ona – Toshkent qatnovlari va HY-072/HY-071 Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona qatnovlari majburiy ravishda bekor qilinadi.
Yo‘lovchilar bekor boʻlgan qatnov aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati Farg‘ona vodiysida o‘zgaruvchan ob-havo sharoiti sababli Uzbekistan Airways muntazam qatnovlari kechikib amalga oshirilishiga olib kelishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.