We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways’dan Yangi yil bayrami uchun yangi chegirmalar

Share on social media

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yo‘lovchilarga yangi yil sovg‘asi sifatida 2022-yilning 31-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha bo`lgan xarid davrida barcha aviachiptalar uchun 10%lik chegirma taqdim etadi. 

Chegirma taqdim etish shartlari:

Aviatashuv muddati cheklanmagan (aviatashuvning amal qilish muddati qo‘llanilgan tarif qoidalari bilan belgilanadi, aviachiptalarni quyida berilgan jadval asosida rasmiylashtirishga ruxsat beriladi);

Taqdim etilgan chegirma miqdori:

kattalar uchun - tarifdan 10%;

2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun – bolalar tarifiga mos ravishda 10%;

2 yoshgacha bo‘lgan va salonda joy egallamaydigan bolalar uchun ushbu chegirma amal qilmaydi.

Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, bolalar uchun belgilangan tartibda (25% chegirma bilan) undiriladi.

To‘liq foydalanilmagan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish shartlari:

2022-yil 31-dekabridan 2023-yil 10-yanvarigacha bo‘lgan davr oralig‘ida qayta rasmiylashtirilgan/qayta bronlashtirilgan lekin to‘liq foydalanilmagan, chegirma bilan rasmiylashtirilgan aviachiptalarning tarifiga 10% chegirmani qo‘llash ruxsat beriladi;

Chegirma bilan rasmiylashtirilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar aksiya tugagandan so‘ng qayta rasmiylashtirilgan/qayta bronlashtirilgan taqdirda, chegirmalarni qo‘llamasdan to‘liq tarif darajasiga qo‘shimcha to‘lov qilinishi kerak;

Ushbu aksiya boshlanishidan oldin rasmiylashtirilgan aviachiptalar (2022-yil 30-dekabrigacha) aksiya muddati davomida qayta rasmiylashtirilgan/qayta bronlashtirilgan taqdirda, tarif 10% chegirma bilan qayta hisoblanmaydi;

Qisman foydalanilgan aviachiptalar rasmiylashtirilgan kunida belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq qayta rasmiylashtiriladi.

Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniyaning veb-saytida, “Uzbekistan airways sales” filiali va uning agentlarida, shuningdek, xorijdagi vakolatxonalarimizda xarid qilish mumkin.

Chegirmalarni birlashtirish (bolalarnikidan tashqari) taqiqlanadi.

Chegirma faqat aviakompaniyaning aviaqatnovlarida, shu jumladan kam byudjetli qatnovlari doirasida eʼlon qilingan barcha ekonom va biznes klass individual tariflari uchun ruxsat etiladi. Chegirma CodeShare aviaqatnovlarida va Tijorat shartnomalari (SPA) bo‘yicha e‘lon qilingan tariflarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Download PDF