We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

HY-611 Toshkent-Moskva reysi haqida rasmiy ma‘lumot

Share on social media

Bugun, 2-yanvar kuni HY-611 reysi Toshkentdan Moskvaga jadval asosida parvozni amalga oshirgan. Boeing 767 havo kemasi komandiri yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani sababli soat 08:28da (Toshkent vaqti bilan) Samara xalqaro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 10:33 da Samaradan Moskvaga uchib ketdi. 

Shu munosabat bilan HY-612 reysi Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha kechikib amalga oshirildi.  

Shuningdek, Moskva-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan HY-9624 reysidagi yo‘lovchining sog‘ligi yomonlashgani tufayli Airbus A320 havo kemasi Urganch xalqaro aeroprtiga majburiy ravishda qo‘ndirilgan. Yo‘lovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ushbu yo‘nalishdagi reys belgilangan manzilga yetib kelgan.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

Download PDF