We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways Technics 2022-yil yakunlari

Share on social media

2022-yilda havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining tarkibiy bo‘linmalaridan biri “Uzbekistan Airways Technics” MCHJ aviatsiya sohasining rivojiga o‘zining samarali hissasini qo‘shdi. Uzbekistan Airways Technics (UAT) 2022-yil davomida quyidagi ishlarni amalga oshirib xorijiy va mahalliy aviakompaniyalarga quyidagi texnik xizmatlarni ko‘rsatdi:

  •  “Aviastar-TU” (Rossiya Federatsiyasi) aviakompaniyasining Boeing 757-200 havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatdi;
  • “Aero Nomad Airlines” (Qirg‘iziston Respublikasi) aviakompaniyasi uchun Airbus A320-233 havo kemasiga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • “Aero Nomad Airlines” aviakompaniyasining Airbus A320-232 havo kemasini to‘liq bo‘yash va shassisini almashtirish;
  • “SCAT” (Qozog‘iston Respublikasi) aviakompaniyasining Boeing 757-200 samolyotiga C-check doirasida texnik xizmat ko‘rsatish;
  • “SCAT” aviakompaniyasi uchun Boeing 737-MAX 8 havo kemasini ilk marta to‘liq bo‘yash;
  • “Gryphon Air Cargo” (Gruziya) aviakompaniyasining Boeing 737-300 samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatish va to‘liq bo‘yash;
  • “Aero Nomad Airlines” aviakompaniyasi uchun Airbus A320 havo kemasiga navbatdagi texnik xizmatni ko‘rsatish va fyuzelyajini bo‘yash;
  • birinchi marta “ACM AIR” (Turkiya) aviakompaniyasining Gulfstream GIV biznes-jetini to‘liq bo‘yadi;
  • “Silk Avia” (O‘zbekiston Respublikasi) aviakompaniyasining ATR-72 havo kemalariga xizmat ko‘rsatishning texnik jarayonini o‘zlashtirdi;
  • “Asia Sky Lines” (Tojikiston Respublikasi) aviakompaniyasi uchun Airbus A310-300 samolyotini bo‘yash ishlari amalga oshirildi va katta hajmli texnik xizmat ko‘rsatildi (Heavy Maintenance);
  • yangi turdagi Boeing 747-200/300 havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘zlashtirishni boshladi.

Shuningdek, 2022-yilda Uzbekistan Airways Technics o‘zining 98-yilligini nishonladi.

O‘tgan yil davomida UAT Dubay (BAA), Moskva (Rossiya Federatsiyasi) va Dallas (AQSh) shaharlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazma va konferensiyalarda ishtirok etib o‘zining modernizatsiya qilingan xizmatlarini taqdim etdi. 2022-yil oxirida UAT muvaffaqiyatli tarzda EASA Part-145 va BCAA sertifikatlari tasdiqlanishiga erishdi.

Uzbekistan Airways Technics 2023-yilda texnik xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini xalqaro standartlarga javob beradigan darajada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Download PDF