We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Talabalar uchun qishki ta’til chegirmalari uzaytiriladi

Share on social media

Ta’lim muassasalarida qishki ta’tilning uzaytirilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari talabalari (o‘quvchilari) uchun 2023-yil 19-yanvardan 23-yanvargacha (tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda) respublika ichidagi yo‘nalishlarda iqtisodiy sinf (K-sinf va undan yuqori) tariflaridan chegirmalarning amal qilish muddatini uzaytiradi. 

Qishki ta’til davomida (2022-yil 22-dekabrdan 2023-yil 18-yanvargacha) o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari talabalari (o‘quvchilari) tomonidan chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalar 2023-yil 23-yanvargacha respublika ichidagi yo‘nalishlardagi reyslarga bepul qayta bron qilishga ruxsat beriladi. Tegishli bronlash sinfida bo‘sh joylar bo‘lmasa, tarif farqini undirmasdan aviachiptani eng yaqin bron qilish sinfiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi (aviachiptalarni biznes-klassga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi). Shu bilan birga, puli qaytariladigan hamda puli qaytarilmaydigan tariflarni qayta rasmiylashtirish shartlariga rioya qilinishi talab etiladi.

Qishki ta’til davrida (2022-yil 22-dekabrdan 2023-yil 18-yanvarga qadar) O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari talabalari (o‘quvchilari) tomonidan chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalar tarif turidan qat’i nazar (puli qaytariladigan yoki puli qaytarilmaydigan) majburiy (to‘liq) qaytarib berishga ruxsat beriladi.

Aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish Uzbekistan Airways Sales, aviakompaniya agentlari tomonidan va aeroport kassalarida amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish haqida savollaringiz bo‘lsa, siz aviakompaniyaning kunu-tun faoliyat yuritadigan aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin +998781402000.

Download PDF