We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways HY-601 aviaqatnovi haqida rasmiy xabar

Share on social media

Uzbekistan Airways Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

2023-yil 7-mart kuni HY-601 Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi aviaqatnovi havo kemasi Domodedovo aeroportining ob-havo sharoiti (uchish-qo‘nish yo‘lagining holati xavfsiz qo‘nishni amalga oshirish uchun zarur talablarga javob bermaganligi) sababli Vnukovo xalqaro aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.  

HY-601 aviaqatnovi havo kemasi sardori yo‘lovchilarga yo‘nalish Vnukovo muqobil aeroportiga o‘zgargani haqida ma’lumot berdi. Ob-havo yaxshilangani va havo kemasi Domodedovo xalqaro aeroportiga uchib ketishga tayyor bo‘lganidan so‘ng, ekipaj parvozga tayyorligini e’lon qildi. Afsuski, havo kemasi bortida ayol o‘zini yomon his qilayotgani ma’lum bo‘ldi, ekipaj shifokorlarni chaqirishga majbur bo‘ldi, bu esa uchib ketish vaqtining kechikishiga ta’sir qildi. Shu paytda Domodedovo xalqaro aeroportidagi ob-havo yana keskin yomonlashdi va bu keyingi kechikishga olib keldi.

Keyinchalik havo kemasidagi barcha 210 yo‘lovchini Vnukovo xalqaro aeroportiga tushirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun parvozlar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz.

 

Download PDF