We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

“Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi etib Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich tayinlandi

Share on social media

“Uzbekistan Airways” AJ yagona aksioneri – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko’ra, joriy yilning 10 mart kuni “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi etib Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich tayinlandi.

Shuxrat Xudaykulov 1984 yil 26 iyul kuni Urganch shahrida tavallud topgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining “Aviatsiya tashuvlarini tashkil etish” mutaxasisligini tamomlagan. Shuxrat Xudaykulov 2006 yil “O’zbekiston havo yo’llari” MAK jamoasiga kelib qo’shilgan va o’z faoliyatini “Toshkent” halqaro aeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan. 2006-2019 yillar oralig’ida “O’zbekiston havo yo’llari” MAK’da turli lavozimlarda, jumladan aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari, milliy aviakompaniyaning sotuvlar departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2019 yildan “Uzbekistan Airways” AJ’da sotuvlar va turizm bo’yicha Boshqaruv raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Download PDF