Germaniya aviatsiya hukumati tomonidan 23-mart kuni Germaniya aeroportlarida aviatsiya sohasi xodimlarining 27-mart kuni bir kun davomida (00:00 dan 23:59 gacha) ish tashlashi e’lon qilinishi munosabati bilan aviakompaniyalarning tijoriy reyslarini bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ushbu vaqt mobaynida Frankfurt-na-Mayn xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu munosabat bilan, Toshkent-Frankfurt-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY231/232 reyslari faqat 27-mart kuni bekor qilinadi va yo‘lovchilar 29-mart kuni navbatdagi HY231/232 reyslari bilan o‘z manzillariga yetkaziladi:
Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) soat 09:45 da
Frankfurtga kelish mahalliy vaqt bilan (Frankfurt) soat 13: 40 da
Frankfurtdan uchish mahalliy vaqt bilan (Frankfurt) soat 15:10 da
Toshkentga kelish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) ertasi kuni soat 00:25 da
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Uzbekistan Airways aloqa markaziga: +998 78 140 02 00 yoki “Uzbekistan Airways” AJning Germaniyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Hebelstrasse, 11, 60318, Frankfurt am Main +49-69-133-76-167 / 170 / 171 / 172.
Yo‘lovchilardan yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.