We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bilimlarni yaxshilash maqsadida

Share on social media

Joriy yilning 11-aprel kuni “Uzbekistan Airways” AJ Uchuvchilar majmuasi binosida “Seysmik xavfsizlik tizimini tashkil etish va takomillashtirish” hamda “Bo‘lim xodimlari, bortkuzatuvchilar xizmatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va boshqa bo‘linmalarning harakat tartibi” mavzularida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tabiiy ofatlar har qanday vaqtda sodir bo‘lishi va insoniyat uchun katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan halokatli tabiat hodisalaridir. Ta‘kidlash joizki, nafaqat ular sodir bo‘lgan davrida harakat qilish, balki xavflarni oldini olish, insonlarga shunday paytlarda qanday yo‘l tutish kerakligi haqidagi tushuntirishlarni olib borish, ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berish xavfsiz hayot tarzi uchun tashlangan eng yaxshi qadamdir.

Foto1

Tadbir ishtirokchilariga video va fotomateriallar orqali tabiiy ofat sodir bo‘lganda qanday harakat qilish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar, bunday vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar yong‘in xavfsizligi, idoralarda texnik vositalardan foydalanish, xodimlarning e’tiborsizligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, bunday targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarda bilim hamda o‘zini tutish qoidalarini oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir so‘nggida qatnashchilarga tabiiy ofatlar haqida badiiy film namoyish etildi.

Download PDF