We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilarni ishga taklif qiladi

Share on social media

Agar siz doimiy izlanishda bo‘lib, qiziqarli va barqaror ish qidirayotgan bo‘lsangiz, biz eng romantik kasb vakillaridan biri bo‘lishni taklif qilamiz. Uzbekistan Airways sizning ta’limingizga sarmoya kiritadi va butun dunyo bo‘ylab parvozlarning keng geografiyasini kafolatlaydi. 

O‘qish uchun tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar anketa to‘ldirishlari hamda skaner qilingan nusxalarini tayyorlashlari va ca.school@uzairways.com  elektron manziliga yuborishlari zarur. Nomzodlarning aviakompaniya xodimlari bilan aloqalari ta‘minlanmagan. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish ijobiy natija bergan taqdirda nomzod telefon orqali suhbatga taklif qilinadi.

Nomzod taqdim etishi zarur bo‘lgan hujjatlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaro pasporti;
  • Foto 4х6
  • Ish yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma;
  • Oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumot diplomi (chet el diplomi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi kerak);
  • Harbiy guvohnoma (agar bo‘lsa);
  • Yashash joyidan ma’lumotnoma;
  • Anketa (yuklab oling).

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Nomzod O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi va tugallangan oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi kerak;
  • Yoshi 18dan 27gacha (27 yoshga to‘lganlar qabul qilinmaydi);
  • Qizlar uchun: bo‘yi 162 dan 175 santimetrgacha, kiyim o‘lchami 36-40 (Yevropa o‘lchovida);
  • Normal tana massasi indeksi Ketle bo‘yicha (18,5-24,9);
  • Qaddi-qomati kelishgan va nozik, yurishda nuqsonlar bo‘lmasligi kerak;
  • Orasta soch turmagi yoki shakli, erta kallik belgilari, kesilgan joylar bo‘lmagan, sochlar tabiiy rangga ega bo‘lishi kerak (uzun sochlar kiyimning yoqasiga tegmasligi uchun orasta turmakda bo‘lishi kerak);
  • Ko‘rinadigan nuqsonlar va assimetriyasiz yuz, teri toza bo‘lishi kerak, yuz ifodalari va mimikalar ijobiy taassurot qoldirishi, muloqot qilish uchun qulay bo‘lishi va har bir vaziyatda zarur bo‘lgan his-tuyg‘ularni ifodalashi kerak (tushunish, do‘stona munosabat, g‘amxo‘rlik, hamdardlik);
  • Lablar Fillerlardan holi tabiiy shakl va hajmda bo‘lishi kerak;
  • Tishlar tekis, toza, to‘g‘ri tishlash bilan, old tishlarda oq yoki sariq tish koronkalari bo‘lmasligi lozim;
  • Qo‘llar parvarish qilingan bo‘lishi zarur (manikyur bilan). Qo’lning shakli to‘g‘ri va mutanosib bo‘lishi darkor, barmoqlari mavjud bo‘lmaganlar (falanjlar) qabul qilinishi mumkin emas;
  • Tananing ochiq joylarida chandiqlar, dog‘lari va tabiiy belgilari, katta hollar, kuyish izlari va tatuirovkalar, pirsinglar mavjud bo‘lsa nomzod qabul qilinmaydi;
  • Qaddi-qomati kelishgan bo‘lishi lozim.

Har qanday sababga ko‘ra o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan, dars qoldirayotgan, intizomni buzgan, qo‘pollik qilgan, tashqi ko‘rinishi to‘gri kelmaydigan nomzodlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent xalqaro aeroportidan uncha uzoqda bo‘lmagan “Uzbekistan Training Center” MCHJda bo‘lib o‘tadi.

Download PDF