Uzbekistan Airways Catering professionallar jamoasi kreativ xodimlarni izlamoqda! Mazali pishirilgan taomlar orqali osmonning o‘zida unutilmas taasurotlarni taqdim eting!
Jamoamiz 30 yildan ortiq vaqt davomida Uzbekistan Airways va Toshkent xalqaro aeroportidan uchuvchi xorijiy aviakompaniyalarni parvoz paytida ovqat bilan ta’minlab kelmoqda. Agar siz kreativ bo‘lsangiz va mazali pishirilgan taomlar orqali osmonning o‘zida unutilmas taasurotlarni taqdim etishga tayyor bo‘lsangiz, unda siz shunchaki Uzbekistan Airways Catering kompaniyasida ishlash uchun ariza topshirishingiz kerak!
Biz quyidagi xodimlarni izlayapmiz:
Bosh oshpaz o‘rinbosari
- oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot
- ushbu lavozimda 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi
- 25 dan 40 yoshgacha
Talablar:
- hamkasblar uchun o‘rnak bo‘lish
- taom tayyorlash va mazasi bilan lol qoldirish
- xodimlarning intizomiga rioya qilishini kuzatish va tekshirish
- xodimlarning ishini nazorat qilish
- yangi taomlar yaratish va mavjud menyuni yaxshilash, ishlab chiqish va detallar bilan to‘ldirish
Bosh qandolatchi
- Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot
- Ushbu lavozimda 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi
- qandolat mahsulotlarining xilma-xilligini ta’minlash;
Talablar:
- Mazali qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash va yangilik yaratish
- Tartib intizomga rioya etish
- Butun texnologik jarayonni amalga oshirish va nazorat qilish
Bosh qassob:
- Ushbu lavozimda 1 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi
Talablar:
- Go‘shtlarni ajratish, yarim tayyor mahsulotlarni kesish, qiyma tayyorlash
- Oshxonaning me’yor va standartlarga muvofiq to‘g‘ri ishlashini ta’minlash
- Mahsulotlarni saqlash shartlari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
Texnik-texnolog
- Ushbu lavozimda 1 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi
Talablar:
- Texnologik intizom, mahsulotlar va pishirish texnologiyasiga rioya etilishini nazorat qilish
- Mahsulotlar sifati va miqdorini aniqlash
- Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oldini olish uchun oshpazlar va qandolatchilarni o‘qitish
Supervayzer
- Oliy texnik ma’lumot
- Yosh: 25 dan 40 gacha
- O‘zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilsa yana ham yaxshi
Talablar:
- Ovqatlarni yig‘ish va havo kemasi bortiga yetkazish
- Har qanday vaziyatda tezda qaror qabul qilish, tez joylash va xisoblay olish, chidamli va intizomli bo‘lish
Biz quyidagilarni taklif qilamiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish
- O‘zgaruvchan ish jadvali
- Xodimni kompaniya hisobidan tushlik bilan ta’minlaydigan, sport bilan shug‘ullanish va turli konsertlarga borish, shuningdek, Respublikamizning ajoyib maskanlarida dam olish imkoniyatini beruvchi ijtimoiy paket.
Batafsil ma’lumotni +99871 215 67 49 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin