We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Share on social media

Yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, Uzbekistan Airways 2023-yil 7-sentabrdan boshlab aviakompaniya tarixida birinchi marta Zominga kunlik muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Uzbekistan Airways Zomin aeroporti qurilishini 27-iyulda boshladi va 1-sentabrda asosiy qurilish ishlarini yakunladi. Bugungi kunga kelib, aeroport majmuasi uzunligi 1200 metr bo‘lgan asfalt uchish-qo‘nish yo‘lagi, ikkita samolyot turishi uchun joy, boshqaruv minorasi va aeroport binosi, u yerda yer usti xizmatlari joylashgan bo‘lib, katta zal yo‘lovchilarga parvozlarni bemalol kutish imkoniyatini beradi. Shuningdek, avtomobillar uchun to‘xtash zonasi nazarda tutilgan, kelajakda esa vertolyot maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan.

HY-1003/HY-1004 qatnovlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:


HY1003 Toshkent-Zomin-Samarqand

Toshkentdan jo‘nab ketish 08:30            Zominga yetib borish 09:05

Zomindan jo‘nab ketish 09:35                Samarqandga yetib borish 10:20

 

HY1004 Samarqand-Zomin-Toshkent

Samarqanddan jo‘nab ketish 11:20         Zominga yetib borish 12:05

Zomindan jo‘nab ketish 12:35                Toshkentga yetib borish 13:10

 

Mamlakatning uchta hududi bo‘ylab aviqatnovni amalga oshirish ichki turizmni rivojlantirishga, shuningdek yo‘lovchilarning mobilligini oshirishga xizmat qiladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways ilovasi orqali, shuningdek Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

 

Download PDF