We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli

Share on social media

Darhaqiqat, shoir A. Oripov aytganidek A. Navoiy o‘zining “Xamsa”, ya’ni “Beshlik” asari bilan tilimizga asos solgan edi. Asrlar davomida tilimizda necha-necha buyuk asarlar yaratildi. O‘zbek adabiy tili yozma shaklining rivojlanish bosqichini urxun-enasoy bitik toshlariga yozilgan yozuvlarda va keyinchalik XI asr yodgorliklari bo‘lmish Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu Lug‘atit turk” asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Tilimiz rivojining eng yuksak cho‘qqisi XIV-XVI asr namoyondalari Navoiy, Boburning asarlarida o‘z aksini topgan.

Yurtimizda 1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan.

Ona tilimiz tarixi, bugungi kundagi rivoji haqida gapirar ekanmiz – Til - milliy qadriyatlarni birlashtirib namoyon etib turuvchi eng mustahkam zanjir, boy va cheksiz ma’naviy xazina ekanligiga yana bir bora amin bo‘lamiz. 21-oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasida ham  O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “Uzbekistan Airways”  AJ va tarkibiy bo‘linmalari rahbariyati,  xodimlari, O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi RK rahbarlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, atoqli shoir G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli shoir Salim Ashurov, O‘zbekiston Oliy sudining “Kuch – adolatda” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib Shodiqul Hamroyev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushma a’zosi, taniqli adiba Risolat Haydarova ishtirok etdi.

Tadbir mehmonlari barcha ishtirokchilarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, buyuk qadriyatimiz, qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimizning milliy o‘zligi va mustaqil davlatimiz timsoli, bebaho ma’naviy boyligimiz ekanligini alohida ta’kidladilar. Aslida ham til millatning madaniyati va ma’naviyati, qadim tarixi hamda o‘sha millatga xos bo‘lgan urf-odatlar majmuini yaqqol ifodalaydi. Odam dunyoni til bilan ko‘radi, tili bilan eshitadi va dili bilan idrok qiladi. Millatni millat qiladigan, uni mehvarida ushlab turadigan qudrat bu tildir. Bosh Qomusimizda ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi esa, tilimizning jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirdi. Davlatimiz Prezidenti tomonidan juda ko‘p qonun hujjatlari qabul qilindi va amalga tadbiq qilinmoqda.

Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning, nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.   

 

Download PDF