We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Airbus A320 havo kemasi haqida rasmiy ma’lumot

Share on social media

Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida HY054 Urganch – Toshkent reysini bajargandan so‘ng Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mutaxassislari Airbus 320 (ro‘yxatdan o‘tish raqami UK32022) havo kemasini navbatdagi reysni amalga oshirish uchun tayyorlashayotgan edi. Toshkent xalqaro aeroporti avtobusining haydovchisi aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgan holda havo kemasi bilan to‘qnashdi. Natijada samolyotning agregatlari harakatlanayotganda havo qarshiligini kamaytirishga yordam beradigan qismi (носовой обтекатель) shikastlangan.

Uzbekistan Airways Technics mutaxassislari havo kemasining shikastlangan qismini almashtirish bo‘yicha ta’mirlash ishlarini olib borishdi. Joriy yilning 18-noyabr kuni havo kemasiga parvozlarga ruxsat berildi. Soat 14:30 da Airbus A320Neo jadvalga muvofiq parvozlarni amalga oshirishni boshladi.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi.

Download PDF