Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Hodisa 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07-35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir bo‘ldi. Boeing 787 havo kemasi sardori yo‘nalish bo'ylab muqobil aerodromga qo'nishga qaror qildi. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berildi. 1991-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan yechildi. Kerakli proseduralar amalga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.
HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13-00 ga belgilangan.