“Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida bugun, 24-aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi rahbariyati ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
“Avtomobilsiz kun” aksiyaning asosiy maqsadi – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, keng jamoatchilikni atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish evaziga jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.
Aviakompaniya insonlarning sog‘lom turmush tarzi va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.