24-iyun kuni Uzbekistan Airways Qarshi – Sankt-Peterburg – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam aviaqatnovini amalga oshirdi!
Endilikda oq tunlar shahriga O‘zbekistonning 8 ta shahridan sayohat qilishingiz mumkin: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg‘ona, Namangan, Termiz va Qarshidan.
Aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Qarshidan jo‘nab ketish soat 09:35, mahalliy vaqt bilan
Sankt-Peterburgga yetib borish soat 12:50, mahalliy vaqt bilan
Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketish soat 14:20, mahalliy vaqt bilan
Qarshiga yetib borish soat 21:35, mahalliy vaqt bilan
Aviachiptalarni www.uzairways.com sayti, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishga shoshiling!