Biznes tahlil bo‘yicha mutaxassis
Sana: 13.08.2024
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Strategik menejment boshqarmasi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
• Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
• Tugallangan iqtisod, moliya, aviatsiya mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumot.
• O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, mehnat, ma’muriy, soliq va valyuta qonunchiligi bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lish;
• Biznes tahlili, prognozlash, kompaniyaning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish, aviakompaniyaning tashqi va ichki muhitini tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lish;
• Og‘zaki va yozma muloqot, muzokaralar olib borish va rasmiy yozishmalar olib borish malakalariga ega bo‘lish;
• Kompyuter va Internetdan bemalol foydalanish darajasiga ega bo‘lish;
• Rus va ingliz tillarida bemalol so‘zlashish;
• Ingliz tilini bilish sertifikatiga egalik – ma’qullanadi.
Vazifalari:
• Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
• Biznes tahlil;
• Bizes jarayonlarni prognozlash;
• Aviakompaniyaning biznes strategiyasini ishlab chiqish va tahlil qilish;
• Xizmat faoliyatiga oid hisobotlarni yuritish;
• Va b.
Ish sharoitlari:
• Rasmiy ishga joylashish.
• 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
• O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
• Sinov muddati: 3 oy.
Asosiy ko‘nikmalar:
• O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
• Rus tili – C2 – mukammal daraja
• Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
• Biznes muzokaralar
• Loyihalar boshqaruvi
• Ishbilarmonlik aloqalari
• Rasmiy so‘zlashuv
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Erkin.Alimov@uzairways.com