Tizim muhandisi (administratori)
Share on social media
Sana: 13.08.2024
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasining Ma’murlashtirish va kiberxavfsizlik bo‘limi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Tugallangan oliy ma’lumot: axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha.
- Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- IT-texnologiyalar, zamonaviy kompyuterlar va tarmoqlar arxitekturasi, shaxsiy kompyuterlarni boshqarish, shaxsiy kompyuter va tarmoqni himoya qilish va boshqalar bo'yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lish.
- Shu kabi lavozimda ish tajribasi – 3 yildan kam emas.
- Ingliz tilini bilishi to‘g‘risidagi sertifikat – ma’qullanadi.
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Mahalliy va korporativ tarmoqlar, IT infratuzilmasi dasturiy-apparat kompleksi, korporativ xizmatlar va AJ resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
- Bo‘lim vakolatlari doirasida AJning IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlari va resurslarining ma’muriy dasturiy-apparat kompleksi boshqaruvini ta‘minlash.
- Bo‘lim vakolatiga kiruvchi AJning IT infratuzilmasi dasturiy-apparat kompleksiga dasturiy ta’minotni yangilashni o‘rnatishni ta‘minlash.
- Bo‘lim vakolatiga kiruvchi AJ “yakuniy nuqtalar”ning har tomonlama himoyasini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni o‘tkazish.
- IT infratuzilmasi, axborot tizimlari va AJ resurslarini texnik va texnologik ta’minlash.
- AJ IT infratuzilmasi dasturiy-apparat komplekslarining uzluksiz ishlashi va rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Bo‘lim yillik va choraklik rejalariga muvofiq ishlarni, shuningdek, faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha va rahbariyatning farmoyishi bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
- AJ IT infratuzilmasining axborot xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish.
- AJ xodimlariga uning faoliyat turi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahat berish.
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha axborot obzorlarini tuzish.
- Belgilangan vazifalar doirasida eng samarali amaliy yechimlami aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish.
- AJ faoliyati samaradorligini oshirish va IT infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va umumlashtirish.
- IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlar va AJ resurslari ishlashi ustidan nazoratni ta’minlash bilan bog‘liq operativ vazifalarni bajarish.
- Tegishliligi bo‘yicha bo‘limning yillik va choraklik ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etish.
- Axborotni himoya qilishning mavjud tizimlari va texnik vositalarining ishlashi va samaradorligini nazorat qilish tekshiruvlarini o‘tkazish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- AJ IT infratuzilmasi dasturiy-apparat komplekslarini joriy qilish va rivojlantirishda ishtirok etish.
- Tegishli qismida AJ IT infratuzilmasi obyektlarini yaratish (modernizatsiya qilish) uchun qisman tegishli texnik shartlarni ishlab chiqish va kelishish.
- Avariya vaziyatlarning sabablarini taftish qilishda ishtirok etish.
- Axborot xavfsizligi, axborotni himoya qilish uchun tizimlarini joriy etish ishtirok etish.
- IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlar va AJ resurslarining uzluksiz ishlashi uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilishi va baholash.
- AJ IT infratuzilmasining dasturiy-apparat komplekslarini loyihalash va ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Tarmoq arxitekturasini tashkil etish va qurish, AJ IT infratuzilmasini masshtablash va optimallashtirish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish.
- Uskunalar va uning uchun zarur dasturiy ta’minotni xarid qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- AJ va telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari, shuningdek, AJ va axborot va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa uchinchi shaxslar o‘rtasidagi shartnomalar, kontraktlar va bitimlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etish.
- Bo‘lim vakolatlari doirasida AJ tomonidan sotib olingan tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlarini sotib olish uchun texnik talablarni tayyorlashda ishtirok etish.
- AJning boshqariladigan avtomatlashtirilgan tizimlarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish.
- Va boshqalar.
- Rasmiy ishga joylashish.
- 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
- O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
- Sinov muddati: 3 oy.
- O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
- Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
- Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
- Axborot xavfsizligi
- OTni ma’murlashtirish
- Linux OT
- Buyruqlar satrida ishlash
- Tarmoqlar ishlashi
- AD, DNS, DHCP
- O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi sohasidagi qonunlari, normativ hujjatlari va standartlari
- Markazlashtirilgan boshqaruvga asosalngan virusga qarshi himoya tizimlari
- Tarmoq jihozlari
- Marshrutizatorlar
- Svitchlar
- Firewall
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin: