We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

ERPni joriy qilish bo‘limi mutaxassisi

Share on social media

Sana: 14.08.2024

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasi.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
  • Tugallangan oliy ma’lumot: IT sohasi mutaxassisliklari bo‘yicha.
  • ERP bo‘yicha va/yoki shu kabi sohalardagi ish tajribasi – 3 yildan kam emas.
  • Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Biznes jarayonlar asoslari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish.

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • ERPni joriy qilish loyihasi bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlashda, shuningdek ularning bajarilishini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
  • ERP loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur texnik chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
  • Pudratchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish;
  • ERP loyihasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha bajarilgan ishlarni qabul qilishda ishtirok etish;
  • Ish natijalarini bo‘lim boshlig‘iga taqdim etilishini ta’minlash;
  • Hujjatlar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, foydalanuvchilarga ERP bilan ishlashda texnik yordam ko‘rsatish;
  • Foydalanuvchilarga ERPdan foydalanish bo‘yicha ta’lim va maslahatlar berish;
  • Va b.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
  • Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
  • Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
  • ERP loyihalar
  • Biznes texnologiyalar
  • Normativ-ma’lumtonoma hujjatlar
  • Texnik nashrlar
  • Axborot tizimlarini rivojlantirish strategiyasi

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Alexey.Kirillov@uzairways.com

Erkin.Alimov@uzairways.com