IT-tizimini joriy qilish bo‘limi mutaxassisi
Share on social media
Sana: 14.08.2024
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Tugallangan oliy ma’lumot: axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha.
- Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- IT faoliyatining zamonaviy usullari va amaliyotlarini bilish.
- Zamonaviy texnologiyalar va arxitekturalarni bilish.
- Shu kabi lavozimda ish tajribasi – 3 yildan kam emas.
- Jarayonni avtomatlashtirish bo‘yicha tajriba.
- Yirik IT loyihalari bilan ishlash tajribasi.
Vazifalari:
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Xizmat ko‘rsatuvchilarning tijorat takliflarini o‘rganish va tahlil qilish;
- Innovatsion texnologiyalarni izlash va baholash, ularni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish;
- Kompaniyaning IT strategiyasini amalga oshirishda ishtirok etish;
- Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda texnik shartlarni tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazishda – axborot va telekommunikatsiya tizimlarini (ATT) yetkazib beruvchilar va yakuniy foydalanuvchilar bilan birgalikda ishtirok etish;
- Yetkazib beruvchilar bilan taqdimotlar va muzokaralarda, shuningdek shartnomalarni tayyorlash, tuzish va zarur hollarda ekspertizadan o‘tkazishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
- Yakuniy foydalanuvchi axborot tizimlarini sinovdan o‘tkazish va ulanishda ishtirok etish;
- Quyi tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish
- AKT provayderlari tomonidan oxirgi foydalanuvchilarni o‘qitishda ishtirok etish;
- ATT yordamini muvofiqlashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (keyingi o‘rinlarda AKT) sohasidagi normativ-huquqiy bazasining talablari va takliflarini o‘rganish;
- Yetkazib beruvchi hisob-fakturasining to‘g‘riligini tahlil qilish va bahsli masalalar bo‘yicha da’volarni tayyorlash;
- Yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari, bayonnomalar va boshqa hujjatlar bajarilishini hisobga olish, tahlil qilish va nazorat qilish;
- Axborot va telekommunikatsiya xizmatlari uchun xarajatlar dinamikasini tahlil qilish va o‘zgarishlar sabablarini aniqlash;
- AJ tomonidan foydalanilayotgan ATT bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash;
- ATT sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan AJ vakolatxonalari va tasarrufdagi tashkilotlarda joriy etilgan ATTdan foydalanish monitoringini olib borish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Bo‘lim boshlig‘iga AKT sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- O‘z faoliyati bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
- Va b.
- Rasmiy ishga joylashish.
- 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
- O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
- Sinov muddati: 3 oy.
- O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
- Rus tili – C2 – mukammal daraja
- Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
- Tizimli fikrlash, keng professional dunyoqarash
- Shartnomalar tuzish
- Texnik vazifalar
- Ishbilarmonlik aloqalari
- Muzokaralar
- Taqdimotlar tayyorlash
- Stressga bardoshlilik, mehnatsevarlik
Резюме для рассмотрения отправлять по следующему электронному адресу: