We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways rahbariyati Navoiyda sayyor qabul o‘tkazdi

Share on social media

25-oktabr kuni Uzbekistan Airways Navoiy aholisi bilan muloqot qilish uchun sayyor qabul tashkil etdi. Navoiy shahar hokimiyatida sayyohlik kompaniyalari, tadbirkorlar, yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Aviakompaniya rahbariyati so‘nggi yangiliklar, yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish rejalari haqida so‘z bordi.
Foto1

Tadbir aviakompaniya xodimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berishni va javob olishni istagan har bir inson uchun ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Qoʻshimcha oʻrganish hamda vaqt talab qiladigan murojaatlar o‘rganib chiqish uchun mas’ul rahbarlariga yuboriladi. Barcha takliflar diqqat bilan o‘rganilib, keyinchalik ishlab chiqish va amalga oshirish uchun inobatga olindi.
Foto2

Sayyor qabulda yo‘lovchilarning huquq va erkinliklari bilan qonuniy manfaatlarini amalga oshirish, himoya qilish va kafolatlash bo‘yicha olib borilayotgan maqsadli ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Foto3

Sayyor qabuling maqsadi – yo‘lovchilarda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va aviakompaniya xizmatlarini rivojlantirishdir. Uzbekistan Airways yo‘lovchilarning fikr va takliflarini hisobga olish uchun O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham shunday sayyor qabullar tashkil etishda davom etadi.  

Download PDF