Uzbekistan Airways va “Uzbekistan Airways Technics” MCHJning tarkibiy bo‘linmasi xodimlari o‘rtasida “Innovatsion g‘oyalar 2024” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar puxta tayyorgarlik ko‘rdilar va tanlovga alohida qiziqish bilan yondashdilar, tashabbuskor va kreativ taqdimotlar taqdim etildi. “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” unvoniga quyidagilar sazovor bo‘ldi:
1-o‘rin – Sardorbek Razzoqov, “UAT” MCHJ G‘arb ishlab chiqarilgan havo kemalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha perron-texnik brigadasi aviatsiya mexanigi.
2-o‘rin – Sherzod Ziyoyev, “UAT” MCHJ G‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazining ishlab chiqarishni rejalashtirish va nazorat qilish bo‘limi muhandisi
3-o‘rin – Mehroj Majidov, “UAT” MCHJ G‘arbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish markazi buyurtmachilari havo kemalarini butlash guruhi rahbari.
Birinchi o‘rinni egallagan tanlov ishtirokchisi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan uchinchi bosqich finaliga chiqdi. Tanlov sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.