Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50% gacha chegirma e’lon qiladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Yoʻlovchi tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 50% gacha taqdim etiladigan chegirma amal qilmaydi.
Aviachiptani 50% gacha chegirma bilan hoziroq booking.uzairways.com saytida, aviakompaniya mobil ilovasida, aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.
Aksiyasining batafsil shartlari:
1. Chegirmalar 2024-yil 23-dekabridan 2025-yil 7-yanvarigacha amalga oshiriladigan ichki reyslarga taaluqlidir.
2. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
3. Aviachipta xarid qilayotganda talabalar MyGov.uz orqali olingan yoki ta'lim muassasasidan berilgan ularning o‘qishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim qilishlari kerak;
4. Chegirmali aviachiptalarni sotish “Uzbekistan Airways” AJning Uzbekistan Airways Sales filialida va filialning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi savdo agentlarida amalga oshiriladi;
5. 2024-yil 10-dekabrdan 2025-yil 7-yanvargacha bo‘lgan davrda V-klass va undan yuqori tariflardan chegirma bilan sotishga ruxsat beriladi.
6. “L”, “U”, “S”, “O”, klasslari, biznes-klass tariflari, shuningdek “Uzbekistan Helicopters” va “Silk Avia” MChJ aviaqatnovlari uchun chegirma taqdim etilmaydi.
7. Agar sanalardan biri chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmasa, parvoz turli aviachiptalar yordamida rasmiylashtirilishi kerak.
8. Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachipta uchun to'lovni qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo'llanilmagan holda ishlatilgan segment uchun yo'l haqi yechib olinadi;
9. Foydalanilmayotgan yoki qisman foydalanilgan aviachipta qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, agar jo‘nab ketish sanalaridan biri chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmasa, chegirma qo‘llanilmaydi va chegirmasiz qayta rasmiylashtiriladi.
10. Chegirma aviachiptalarni Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.