We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways 6 millioninchi yo‘lovchi aviatashuvini amalga oshirdi

Share on social media

2024-yil 26-dekabr kuni Uzbekistan Airways muhim marraga erishganini e’lon qildi – 2024-yilda tashilgan yo‘lovchilar soni 6 millionga yetdi. Shunday qilib, aviakompaniya nafaqat joriy yil boshida qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajardi, balki O‘zbekiston Respublikasining eng yirik aviatashuvchisi sifatidagi mavqeini yana bir bor mustahkamladi.

 

Aviakompaniyaning Toshkent aeroportidagi vakili 26-dekabr kuni HY765 Toshkent – Olmaota aviaqatnovida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 6 millioninchi yo‘lovchi aniqlanganini ma’lum qildi. Bu omadli yo‘lovchi Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi Nikolay Kurilo bo‘ldi. Ushbu voqea munosabati bilan aeroportning uchish zalida yo‘lovchini bayramona kutib olish marosimi tashkil etildi. Baxtli yo‘lovchiga Uzbekistan Airways aviakompaniyasining esdalik sovg‘alari topshirildi. 

 

“2024-yil boshida biz o‘z oldimizga ulkan maqsad va vazifalarni qo‘ydik. Butun jamoaning hamjihatlikdagi mehnati, yuksak mas’uliyati va samarali boshqaruvi tufayli aviakompaniyamiz o‘z faoliyati davomida ilk bor shunday muhim natijalarga erishgani bilan faxrlanaman. Ayniqsa, aviatashuvchilarning bizning bozorimizdagi yuqori raqobat sharoitida bu hodisaning sodir bo‘layotgani quvonarli. Bugungi ko‘rsatkich nafaqat raqam, balki mijozlarimizning ishonchi va biz uni oqlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. O‘z sayohatlari uchun bizni tanlagan har bir yo‘lovchiga minnatdorchilik bildiraman”, – dedi “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruvi raisi Shuxrat Xudaykulov.

 

Uzbekistan Airways eng jadal rivojlanayotgan aviakompaniyalardan biri hisoblanadi. 2024-yilda Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlar tarmog‘ini sezilarli darajada kengaytirdi, 11 ta yangi muntazam yo‘nalish ochildi hamda havo kemalari parkini modernizatsiya qilish uchun sarmoya kiritish davom ettirilmoqda. Yo‘lovchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish va yuqori xavfsizlik standartlariga sodiq qolish kompaniya uchun asosiy ustuvorlik bo‘lib qolmoqda.

Download PDF