2025-yilning 21-23 fevral kunlari Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida Sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan an’anaviy "Chimgan Challenge-2025" tog‘ festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda turli vazirlik, davlat idoralari va tashkilotlar vakillaridan iborat 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Festival doirasida qishki ekstremal sport turlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, ma’rifiy seminarlar o‘tkazildi.

"Uzbekistan Airways" AJ va tarkibiy korxonalari xodimlari sport promouterlari bilan birgalikda ushbu festivalda ham ishtirok etdi. O‘quv-mashg‘ulot markazi xodimi Y. Afanasyeva stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi turnirda ikkinchi o‘rinni egallagan, Uzbekistan Airways Technics vakili Oxunjonov B. stol tennisi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi turnirda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.