We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Surxondaryo viloyatida sayyor qabul tashkil etildi

Share on social media

2025-yil 27-fevral kuni Termiz iqtisodiyot va servis universiteti binosida “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. “Savol-javob” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlar agentliigi, viloyat turizm boshqarmasi, jismoniy va yuridik shaxslar, aviachiptalar sotuvi agentlari, sayyohlik kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Aviatashuvlar sotuvi agentlari va sayyohlik tashkilotlar vakillari jahon tajribasi asosida takomillashtirishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. Yo‘lovchi va yuk tashish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Yo‘lovchilarni tashvishga soladigan masalalarning aksariyati joyida hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar aviakompaniyaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga o‘tkazildi. 

Tadbir ishtirokchilari “Uzbekistan Airways” AJ guruhiga kiruvchi Silk Avia aviakompaniyasi negizida aviatashuvlar ichki bozorining rivojlanishi haqida ham batafsil ma’lumot olishdi. O‘zbekiston Respublikasi ichidagi aviaqatnovlarni ko‘paytirish va fuqarolarimizning havo transportida harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish aviakompaniya oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biridir. 

O‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar Termiz shahridan Turkiyaning Istanbul shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yish, Termiz xalqaro aeroportidan sayyohlar uchun dunyoning boshqa davlatlariga ham aviaqatnovlarni amalga oshirish kabi savollar berildi. 

Ushbu savolga “Uzbekistan Airways” AJ Turizm va tijorat bo‘yicha boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Shuxrattillo Yadgarov javob berdi. 

“Hozirda bizning aviakompaniyamiz oldida har yili bir necha yangi aviaqatnovlarni ochish belgilangan. Bu esa bizga aviaparkimizdan juda ham unumli foydalanishimiz kerakligini doimo eslatib turadi. Shuningdek, hozirda bizda havo kemalari yetishmayapti. Bilamizki, Termiz, Surxondaryo tarixiy boy hududlaridan bir hisoblanadi. Termizdan xalqaro aviaqatnovlar yo‘nalishini kengaytirish bo‘yicha rejalarimiz bor. Yaqin yillarda buni amalga oshiramiz degan umiddaman. Buning uchun esa bizga yangi havo kemalari kerak bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda biz ish olib boryapmiz”. 

Shuningdek, aviachipta sotuvi bilan bog‘liq firibgarliklardan extiyot bo‘lish to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi. Buning uchun yo‘lovchilar aviachipta sotuvi agentlaridan litsenziya talab etishlari va aviachiptani aviakompaniyaning rasmiy sayti yoki kun-u tun faoliyat olib boradigan Aloqa markazi orqali tekshirishlari kerakligi ta’kidlandi. 

Yig‘ilganlar orasida bortkuzatuvchi bo‘lish uchun hujjat topshirish va asosiy talablari haqidagi savollar ham bir necha bor kelib tushdi. Uzbekistan Airways mutasaddi rahbarlari ushbu savolga batafsil javob berdilar. Aviakompaniya saytidan bortkuzatuvchilikka ariza topshirish va boshqa bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olishlarini yana bir bor eslatib o‘tildi. 

Uzbekistan Airways respublikaning barcha hududlarida bunday uchrashuvlarni tashkil etishda, yo‘lovchilar muammolariga yechim topishda, ularning taklif va fikrlarini o‘rganishda hamda xizmatlar sifatini yaxshilash ustida ishlashda davom etadi. 

Download PDF