We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Yo‘lovchini zambilda tashish – yotgan yo‘lovchi

Share on social media

Hurmatli yo‘lovchilar!

Uzbekistan Airways imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar tashuvi – yo‘lovchini zambilda tashish – STCR (yotgan yo‘lovchi) quyidagi tartib-qoidalarni bajargan holda amalga oshirilishi mumkinligini eslatib o‘tadi:

  • tashuv imkoniyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi so‘rov rejalashtirilayotgan tashuvdankamida 72 soat oldin yuborilishi kerak va aviakompaniyadan uni amalga oshirish imkoniyati tasdiqlangandan keyingina bajarilishi mumkin;
  • yo‘lovchini zambilda tashish (STCR) aviakompaniyaning faqat Toshkentdan yoki Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarida kamida bitta voyaga yetgan shaxs hamrohligida amalga oshirilishi kerak.

 

Yotgan yo‘lovchini tashish uchun zarur hujjatlar to‘plami: 

 

  1. Yo‘lovchi va unga hamroh bo‘lganlarning pasporti.
  2. Ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida tashxis qo‘yilgan tibbiy ma’lumotnoma.
  3. Kasalxona, tibbiyot muassasasi yoki davolovchi shifokor tomonidan parvoz etish sanasidan 7 kun oldin ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida parvoz etish uchun berilgan (FIT TO FLY) ruxsatnoma.
  4. Parvoz uchun zarur bo‘lgan tibbiy jihozlar ro‘yxati.

 

Aviakompaniya havo kemasi jihozlarining texnik imkoniyati bo‘lmagan taqdirda yoki aviakompaniya tomonidan ko‘rsatilgan boshqa sabablarga muvofiq tashishni rad etishga haqli.

Aviakompaniya tomonidan yo‘lovchini zambilda tashish uchun zarur bo‘lgan tibbiy hamroh hamda qo‘shimcha jihozlar taqdim etilmaydi.

Xizmatni olish uchun www.uzairways.com veb-saytida, vakolatli sotuv agentliklarida yoki xorijdagi vakolatxonalarimizda ariza yozishingiz mumkin.

Muhim! Ba’zi xorijiy aeroportlarda yo‘lovchini zambilda ko‘tarish/tushirish va havo kemasida tashish uchun yo‘lovchining o‘zi tomonidan to‘lanadigan qo‘shimcha moddiy xarajatlar talab qilinishi mumkin.

Download PDF