“O‘quv-mashg‘ulot markazi” MCHJda (keyingi o‘rinlarda - Markaz) 2025 yil
5 mart kuni “Biz korrupsiyaga qashimiz!” shiori ostida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Fuqaro aviatsiyasi uchun tayyorlanayotgan, malakasi oshirilayotgan va qayta tayyorlanayotgan tinglovchilar bilan o‘tkazildi.
Tadbirga Markaz Direktorining o‘quv ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.Z.Xasanova raxbarlik qildi, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ Komplayens-xizmati mutaxassisi J.A.Rustamov va markazining Komplayens-inspektori O‘.M.Yuldashevlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi uzoq yillik boy tarixga ega bo‘lgan, mintaqamizda va xalqaro Fuqaro aviatsiyasi makonida uz nufuzi bo‘yicha yetakchilar qatorida ekanligi eslatib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro aviatsiyasi tizimida erishilayotgan yuksak yutuq va marralarda Markaz jamoasining hissasi yuqoriligini, zarur bo‘lgan kadrlarni yuksak bilim va malakali tajribaga ega qilib tayorlash va qayta tayyorlashda katta ishlar amalga oshirilayotganiga to‘xtaldi.
Shu bilan birga, yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurgani, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning o‘zi shaxsan qatiyat ko‘rsatayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Markaz raxbariyati va jamoasi faoliyat davomida hamkorlar, tinglovchilar va hodimlar o‘rtasidagi munosabatlarda korrupsiyaviy harakatlarni oldini olish va har qanday holat aniqlanganda zudlik bilan ishonch aloqa kanallari orqali komplayens hodimlariga habar berish tizimi mavjudligi yetkazib o‘tildi.
Bunday yig‘ilishlarning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi hodimlarining huquqiy ongini yuksaltirilib, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldorlik xissini shakllantirishdan iborat.













