We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Toshkent – Madrid ilk aviaqatnovi

Share on social media

Bugun, 2025-yil 7-aprel kuni Uzbekistan Airways Toshkent – Madrid yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

O‘zbekiston poytaxtidan Ispaniya poytaxtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz aviatashuvchining parvozlar geografiyasini kengaytirish va Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Yo‘nalishning ochilishi ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatining yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishi va qo‘llab-quvvatlashi tufayli amalga oshirildi.

Toshkent - Madrid - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari amalga oshiriladi. Bu nafaqat mamlakatlar o‘rtasida sayyohlik va madaniy almashinuvni rivojlantirish, balki ishbilarmonlik hamkorligi va tranzit tashuvlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

Download PDF