We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways xalqaro marafonda kumush medalni qo‘lga kiritdi

Share on social media

O‘zbekiston poytaxtida Markaziy Osiyo yugurish musobaqalari orasida yetakchi o‘rinni egallagan VII Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi. 

Bu yil marafon rekord darajadagi ishtirokchilarni – dunyoning 52 davlatidan 11,5 mingga yaqin kishini to‘pladi. Tadbirga respublikaning yetakchi kompaniya va tashkilotlaridan 212 ta korporativ jamoalar, jumladan, “Uzbekistan Airways” AJ jamoasi ham qo‘shildi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, aviakompaniya muhandis-inspektori Alisher Rajapov 50+ yosh toifasida 42 km marafon masofasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkent marafonining xalqaro e’tirofi uning World Athletics rasmiy taqvimiga kiritilgan tadbir maqomi bilan tasdiqlanadi. 2025-yilda marshrut Xalqaro marafonlar va yugurish assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlandi va masofani o‘lchash “A” toifadagi ekspert tomonidan amalga oshirildi, bu esa uning xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi va natijalarning global darajada tan olinishini ta’minlaydi.

Alisher Rajapovni ulkan yutuq bilan tabriklaymiz va yangi zafarlar tilaymiz. Uzbekistan Airways jamoasi siz bilan faxrlanadi! 

Download PDF