Uzbekistan Airways AJda fuqaro muhofazasining shtatdan tashqari tuzilmalari – sanitariya postlariga kiruvchi tarkibiy bo‘linmalar xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. O‘quv dasturi xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, xodimlarning katta qiziqishi va faol ishtiroki bilan o‘tkaziladi.

12 kishidan iborat birinchi o‘quv guruhi 2025-yil 14-18-aprel kunlari mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Ta’lim jabrlanganlarga shifokordan oldingi (birinchi) yordam ko‘rsatish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va fuqaro muhofazasi tizimidagi o‘zaro hamkorlikning nazariy va amaliy jihatlarini o‘z ichiga oladi.
20 kishidan iborat ikkinchi o‘quv guruhi 2025-yil 21-apreldan 25-aprelgacha o‘qishni boshlaydi.
Uzbekistan Airways kompaniyasi xavfsizlik masalalariga va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qila oladigan xodimlarni tayyorlashga katta ahamiyat beradi. Bunday tadbirlar xodimlar va yo‘lovchilar xavfsizligi va salomatligini ta’minlash bo‘yicha umumiy strategiyaning muhim elementidir.