We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size
Interface size

Enable a screen reader

  • Aa
  • Aa
  • Aa
Character spacing
  • A
    A
  • A
    A
  • A
    A
Line spacing

Uzbekistan Airways Sky Camp Bo‘stonliq 2025 sport festivalida ishtirok etdi

Share on social media

26-27 aprel kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining so‘lim tog‘ yonbag‘irlarida faol dam olish va tabiat ixlosmandlarini birlashtirgan yorqin voqea – "Sky Camp Bo‘stonliq 2025" xalqaro sport festivali bo‘lib o‘tdi. 

Uzbekistan Airways xodimlari musobaqalarda aviakompaniyani munosib tarzda taqdim etib, quyidagi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

•         Bortkuzatuvchi Olga Morozova 5 kilometrlik treyl masofasida umumiy hisobda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi;  

•         Muhandis-nazoratchi Alisher Rajapov 20 kilometrlik treyl masofasida o‘z yosh toifasida 2-o‘rinni va umumiy hisobda 12-o‘rinni egalladi;

•         Uzbekistan Airways Technics iqtisodchisi Natalya Nosirova 5 kilometrlik treyl masofasida o‘z yosh toifasida 3-o‘rinni zabt etdi.

Aviakompaniyaning boshqa xodimlari shuningdek, sport va ongli amaliyotlarning noyob uyg‘unligi: tabiat bilan uyg‘unlikda yugurish, yoga va kuchlarni tiklash uchun meditatsiya bo‘lib xizmat qiladigan – ZEN dasturida faol ishtirok etishdi.  

Hamkasblarimizni ulkan yutuqlari bilan tabriklaymiz va yangi zafarlar tilaymiz. Uzbekistan Airways jamoasi siz bilan faxrlanadi!

Download PDF